Ofitsant buyurtmani telefondan yuboradi, oshxona uni darhol ko'radi, kassa chekni bir bosishda yopadi. Siz esa savdo, xarajat va foydani istalgan joydan ko'rib turasiz. Dastur har kuni nima qilish kerakligini eslatadi va sof foydani o'zi hisoblaydi.
O'rnatish shart emas · Kompyuter, planshet va telefonda ishlaydi · O'zbek va rus tilida

Ofitsant oshxonaga yugurib boradi, yozuvni o'qib bo'lmaydi.
Taom "bekor qilingan", chegirma "berilgan" — kim, qachon?
Xarajat bir daftarda, savdo boshqasida, ish haqi uchinchisida.
Kim necha kun ishladi, savdodan foizi qancha?
Kunlik va oylik ishlar boshda turadi, biri albatta esdan chiqadi.
Mijoz "keyin beraman" dedi, yetkazib beruvchiga qancha qarzmiz — noma'lum.
Hamma bir xil ma'lumotni ko'radi: ofitsant, oshpaz, kassir va siz. Hech narsa yo'qolmaydi.


Ofitsant o'z xonalarini ko'radi, taomni rangli tugmalardan tanlaydi va bir bosishda yuboradi.

Yangi buyurtma oshxona ekraniga va printerga o'zi tushadi. Oshpaz "Qabul qilish" va "Tayyor" ni bosadi.

Kassir chekni ko'radi, to'lov turini tanlaydi va chop etadi. Qaytim o'zi hisoblanadi.

Bugun, hafta yoki oy bo'yicha kirim, chiqim, foyda, mehmonlar va to'lov turlari.
Har bir xona va stolga dastur o'zi QR kod yaratib beradi. Mehmon kamerani tutadi — rasmli menyu ochiladi. Ilova yuklash ham, ro'yxatdan o'tish ham shart emas.


Tugagan taom menyuda ko'rinmaydi, narxlar har doim yangi. Mehmon kutib o'tirmaydi.

Mehmonning buyurtmasi avval ofitsant yoki kassirga keladi. Tasdiqlansa — chekka qo'shiladi, rad etilsa — mehmon sababini ko'radi.
Sodda, lekin mukammal: mol keldi, sotildi, usta o'rnatdi — dastur tannarxni, qarzni va sof foydani o'zi hisoblaydi.


Bugungi ishlar, o'rnatish va o'lchovlar, kam qolgan mol, kassa va qarzlar — bitta sahifada.

Yetkazib beruvchi, kelish narxi va yo'lkira kiritiladi. Yo'lkira mollarga taqsimlanadi, haqiqiy tannarx chiqadi.

Mahsulotni kameraga tuting — savatga tushadi. Shtrix-kodi yo'q mollarga dastur o'zi kod beradi va yorliq chop etadi.

Mijozdan qancha olinadi, ustaga qancha beriladi, qachon va qayerga — bitta oynada. Usta ishi "Bugun"ga o'zi tushadi.

Savdo − tannarx − xarajatlar = sof foyda. Murakkab hisobotlarsiz, oddiy tilda.
Qavatlar, supa, VIP, banket — har birining holati va summasi bir qarashda.
To'y, banket va oddiy bron — vaqt to'qnashsa, dastur ogohlantiradi.
Ega, admin, kassir, ofitsant, oshpaz — har biri faqat o'ziga kerakli narsani ko'radi.
Oylik, kunlik, savdodan foiz, bonus va jarima. Kim qancha olishi kerak — tayyor.
Qoldiq, kam qolgan mol, kirim va qaytarish. Telefon kamerasi bilan skanerlash va yorliq chop etish.
Klaviaturasiz terminal uchun ekran klaviaturasi: raqamlar, lotin va kirill harflari.
Kunlik, haftalik va oylik ishlar. Takrorlanadigan to'lovlar o'zi qayta qo'yiladi.
Har kuni ertalab bugungi ishlar ro'yxati va vaqtli ishdan 1 soat oldin xabar.
Mehmon menyuni telefonida ko'radi, buyurtma beradi va ofitsantni chaqiradi.
Mijoz va yetkazib beruvchi qarzlari, to'lov kuni va eslatmalar.
Doimiy mijozlar bazasi, xaridlar tarixi va keshbek ballari.
Go'sht, guruch, yog' — har bir taom sotilganda qoldiqdan o'zi ayriladi.
Bir nechta filial — har biri alohida, umumiy hisobot bitta joyda.
Kim keldi, kim kelmadi; kunlik to'lov, avans va xodim hisobiga olingan narsalar.
Kimdan qancha mol keldi, qancha to'landi va qancha qarz qoldi.
Har bir biznesning ma'lumoti alohida saqlanadi va har kuni zaxiralanadi.
Serverda har kuni nusxa olinadi. Xohlasangiz, kompyuteringizdagi papkaga ham yoziladi.
Xodim PIN kod bilan kiradi. Moliyani faqat siz ruxsat berganlar ko'radi.
Kim taomni bekor qildi, kim chegirma berdi, kim kassani yopdi — hammasi yozib boriladi.
Turini tanlasangiz, dastur keraksiz bo'limlarni o'zi yashiradi: do'konda xona yo'q, choyxonada shtrix-kod shart emas.

Do'kon kassasi: mahsulotni bosing yoki shtrix-kodni skanerlang
Qurilmalar soni cheklanmaydi. Tarifni istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin — ma'lumotlar joyida qoladi.
Bor qurilmangiz yetadi: kassa uchun Windows kompyuter yoki noutbuk, ofitsantlar uchun oddiy Android yoki iPhone telefon, oshxona uchun planshet. Dastur brauzerda ochiladi, o'rnatish shart emas.
Ha. 80 mm yoki 58 mm termoprinter kassa kompyuteriga ulanadi. Chek va oshxona uchun buyurtma qog'ozi oynasiz, to'g'ridan-to'g'ri chiqadi.
Ha, dastur internet orqali ishlaydi — shuning uchun egasi uyda ham, safarda ham hamma narsani ko'radi. Ma'lumotlar serverda saqlanadi va har kuni zaxiralanadi.
Yo'q. Har bir biznes alohida faylda saqlanadi va faqat o'z havolasi orqali ochiladi. Xodimlar PIN kod bilan kiradi, moliyani faqat siz ruxsat berganlar ko'radi.
Yo'q. Ofitsant uchun 10 daqiqa yetadi: xonani bosadi, taomni tanlaydi, "Yuborish". Biz ulab beramiz va birinchi kunlarda yordam beramiz.
Shart emas. Telefon yoki planshet kamerasi skaner bo'lib ishlaydi. Ko'p sotuv bo'lsa, oddiy USB skaner ham ulanadi — u ham ishlaydi. Shtrix-kodi yo'q mollarga dastur o'zi kod beradi.
Buyurtma to'g'ridan-to'g'ri oshxonaga ketmaydi: avval ofitsant yoki kassir ko'radi va tasdiqlaydi. Rad etilsa, mehmon telefonida sababi chiqadi. Xohlasangiz, QR faqat menyu ko'rish uchun ishlaydi.
Sozlamalarda "Telegram" bo'limidan botni bir bosishda ulaysiz. Shundan keyin har kuni ertalab 08:00 da bugungi ishlar ro'yxati, vaqti belgilangan ishdan 1 soat oldin esa eslatma keladi.
Bir necha kun ogohlantirish bilan ishlayveradi, keyin faqat ko'rish rejimiga o'tadi. Hech narsa o'chmaydi — to'lovdan keyin ish to'xtagan joyidan davom etadi.
Biz biznesingizni ulab beramiz, menyuni kiritishga yordam beramiz. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.